Vladikavkazda kuchli portlash sodir bo‘ldi

Portlash oqibatida hech kim jabrlanmagan, ayni damda voqea joyida 100ga yaqin qutqaruvchilar ishlamoqda. 
Sputnik
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Vladikavkaz markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti favqulodda xizmatlarga asosan. 
Gagkayev ko‘chasida joylashgan "Magnit" supermarketida tong soat 7:28da kuchli portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Mahalliy hukumat portlash oqibatida bir kishi daraksiz yo‘qolgan bo‘lishi mumkinligini xabar qilishmoqda. Ayni damda 100ga yaqin qutqaruvchilar buzilgan bino ostidan jabrlanganlarni qidirishmoqda. 
Portlash oqibatida atrofdag uylarga zarar yetmagan. Dastlabki xulosaga ko‘ra ushbu portlashga sabab gaz mumkin. Bino podvalida kislorod ballonlari saqlangani xabar qilingan.