TOShKENT, 12 fev - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandning turizm imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishib chiqdi.
Unda aytilishiga ko‘ra, Samarqand ulkan turizm potensialiga ega, shu sababli viloyatda turistik infratuzilmani rivojlantirish, xizmatlar sifati va sonini oshirish hamda turizmning ziyorat va boshqa turlarini rivojlantirish kerak.
Bugungi kunda ushbu ishlar jadal boshlab yuborilgan. Xususan Samarqandda 10ta yangi mehmonxona qurilmoqda. Ikkinchidan, Samarqand tumanida tumanida yangi turizm majmuasi qurilmoqda. Uning tarkibiga 8tazamonaviy mehmonxona, yirik konferens zal, restoran va park kiradi.
Undan tashqari, Samarqand tarixiy markazini va yodgorliklarini xalqro aeroport, vokzal va avtostansiya bilan bog‘lovchi yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga shaharni obodonlashtirish, manzarali va mevali ko‘chatlar ekish vazifasi qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni "O‘zbekistonda ichki turizmni va ziyorat turizmini rivojlantirish to‘g‘risidagi" qarorni imzolagan edi.
Undan tashqari 2021-yilda Samarqandda ShHT sammiti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Sammitga tayyorgarlik doirasida shahar hududida 300 ming tup manzarali daraxtlar va butalar ekish rejalashtirilgan.