TOShKENT, 11 fev — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 79303nafarni tashkil etmoqda. Kecha yana 66 infeksiya aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
10 Fevral 2021, 13:49
Yangi kasallanganlarning 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 1 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Buxoro viloyatida, 2 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Samarqand viloyatida, 4 nafari Farg‘ona viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida, 42 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 622 nafarga etdi.
Mamlakatda kasallikdan sog‘ayganlar 77726 nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 955 nafar bemordan 153 nafari og‘ir, 29 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev aholini COVID-19 ga qarshi emlashni boshlash bo‘yicha topshiriq bergani xabar qilingan edi.