Si Szinpin Xitoy va AQSh qarama-qarshiligini butun dunyo uchun falokat deb atadi

Xitoy raisi AQSh prezidenti Jo Bayden bilan suhbatda ikki mamlakat ziddiyati butun dunyo uchun falokat ekanini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Xitoy va Amerika Qo‘shma Shtatlarining qarama-qarshiligi ham har ikkila mamlakat, ham butun dunyo uchun falokatdir. Bu haqda Xitoy raisi Si Szinpin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon suhbati davomida ma’lum qildi.
Xitoy TIV Pompeoni masxaraboz deb atadi
“Xitoy-Amerika hamkorligi ham har ikkala mamlakat, ham butun dunyo uchun foyda keltiradigan ko‘plab muhim voqealarga olib kelishi mumkin”, - deya uning so‘zlaridan keltiradi Xitoy Markaziy televideniyesi.
“XXR va AQSh qarama-qarshilishi, shubhasiz, ham har ikkala mamlakat, ham butun dunyo uchun falokatdir”, - deya ta’kidlagan Si Szinpin.
Xitoy yetakchisi ayrim masalalar yuzasidan turli nuqtayi nazarlarga qaramasdan, tomonlar kelishmovchiliklarni o‘zaro hurmat asosida hal qilishlari lozimligini ta’kidlagan.