Qashqadaryoda hokimlarga yangi xizmat mashinasi sotib olish taqiqlandi

Zoyir Mirzayev Qashqadaryodagi 15 ta hokim va ularning o‘rinbosarlariga yangi xizmat mashinasi sotib olishni taqiqladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Qashqadarda viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyatda faoliyat yurituvchi 15 nafar hokim va ularning o‘rinbosarlariga yangi xizmat avtomobili sotib olishni taqiqladi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Mirzayev bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi selektordan so‘ng o‘tkazilgan qisqa muhokama yig‘ilishida ma’lum qilgan.
“Koson tumani hokimi va viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Bahrom Yusupovga ruxsat berganmiz, - dedi Zoyir Mirzayev. - Uning o‘rniga aholiga foydasi tegadigan biror ish qilaylik. Faqat, zarurat tug‘iladigan bo‘lsa, viloyat sessiyasida tasdiqlansagina, ruxsat beramiz”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parkent tumani hokimining “Captiva” sotib olish to‘g‘risidagi qarori bekor qilingani xabar qilingan edi.