“Men mushuk emasman”: advokat sud majlisida noqulay vaziyatga tushib qoldi

AQShdagi onlayn sud majlisida “mushuk ishtirok etib, rasmiy bayonot bilan chiqdi”. Bu qanday ro‘y bergani quyidagi videoda.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Texaslik advokat “Zoom”dagi onlayn sud majlisida tasodifan mayus mushukcha qiyofasida paydo bo‘ldi.
Rod Ponton mol-mulkni musodara qilish haqidagi majlisda filtrni o‘chira olmagan, deya yozadi NBC news.
Advokat bor kuchi bilan niqobni olib tashlashgan uringan, keyin esa majlisda shu ko‘rinishda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.
“Men bunga tayyorman. Men bu yerda onlaynman, mushuk emasman”, - degan Ponton va hamkasblarini kuldirgan.
Keyin sudya Roy Ferguson majlis oldidan texnika vositalarini oldindan tekshirib ko‘rishni tavsiya qilgan.
“Agar farzandingiz kompyuteringizdan foydalangan bo‘lsa, onlayn majlisga ulanishdan oldin “Zoom” video sozlashlarini tekshirib ko‘ring, filtr o‘chirilganmi yoki yo‘q. Bu mushukcha hozir ish yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi”, - deya yozgan sudya “Twitter”da.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, u boshqa ofisga ko‘chib o‘tgani sabab yordamchisining kompyuteridan foydalanishga majbur bo‘lgan.