Lukashenko G‘arbni Belarusga qanday yashash kerakligini o‘rgatmaslikka chaqirdi

Belarus prezidentining so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning na ularga, na boshqalarga qanday yashash va davlatni boshqarish kerakligini o‘rgatishga huquqi bor.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. G‘arbning Belarusga qanday yashash kerakligini o‘rgatishga hech qanday haqqi yo‘q. Bu haqda respublika prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.
Berlin belarus muxolifatini qo‘llab-quvvatlashga 21 millionga yaqin yevro ajratdi
“Bir narsani aytaman: Kapitoliyning ishg‘ol qilinishi,  Polsha, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiyadagi namoyishlarning keskin tarqatilishi, odamlar karantin zindoniga tashlanishidan so‘ng ular na bizga, na boshqalarga qanday yashash va davlatni boshqarish kerakligini o‘rgatishga na siyosiy, na axloqiy huquqi bor. O‘zlarini eplab olishsin”, - dedi Lukashenko Umumbelorus xalqi yig‘ilishida.
“Sudga murojaat qilishimiz kerak”: Lukashenko XOQ sanksiyalariga munosabat bildirdi
Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tgandan so‘ng qator G‘arb mamlakatlari mamlakatning bir necha yuqori lavozimli amaldorlari va davlat korxonalariga qarshi sanksiya qo‘lladi. Minsk bunga munosib javob qaytarishga va’da berdi. Belarus hukumati mamlakatdagi norozilik namoyishlari chet eldan boshqarilayotganini ko‘p marotaba takrorlagandi. Lukashenko G‘arbni mamlakat ishlariga aralashishda aybladi.