TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Rossiya banki asosiy stavkani, yangi rekord - 4%gacha pasaytirish kerak, deb hisoblaydi Xalqaro valyuta jamg‘armasi. XVJ xulosasiga ko‘ra, ushbu chora iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi.
XVJ esa Rossiya bankiga ushbu asosiy stavkani 0,5 punktga kamaytirishni maslahat bermoqda. Ular aytishiga ko‘ra, bu rublni biroz qadrsizlantirsada, lekin iqtisodiy o‘sishga olib keladi.
O‘tgan yilning mart oyida Rossiya Markaziy banki Asosiy stavkani 6 % miqdorida saqlab qolgan edi. Keyinchalik epidemiologik vaziyat o‘zgarishi, chegaralar yopilishi va neft narxi pasayishi oqibatida YaIM kamayishi ehtimoli paydo bo‘ldi. Ushbu salbiy omillar ta’sirini kamaytirish maqsadida Rossiya banki asosiy stavkani eng past - 4,25 % darajasigacha kamaytirgan edi.
Lekin yanvarda ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yili YaIM kamayishi kutilganidan ko‘proq bo‘lgan. Undan tashqari yanvar oyida inflyatsiya miqdori ham o‘rtacha yillik kutilayotgan 3,5-4 foizdan ancha yuqori bo‘lgan. Lekin shunga qaramay Rossiya banki asosiy stavkani o‘zgarishsiz saqlab qolmoqdadi.
Fevral oyida ham asosiy stavkani ushbu miqdorda saqlab qolish ehtimoli juda katta. Rossiyalik ekspertlar xulosasiga ko‘ra, asosiy stavkani kamaytirish inflyatsiyaning yanada oshib ketishi, real daromadlar kamayishi va xorijiy investitsiyalarning chiqib ketishiga olib kelishi mumkin.