TOShKENT, fev - Sputnik. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi birlashtiriladi, bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 10-fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev sport vazirligi va turizm qo‘mitasi birlashtirilishini ma’lum qilgan.
"Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda turizm rivojlantirish qo‘mitasi birlashtiriladi. Yangi tizimga Aziz Abduhakimov rahbar bo‘ladi. Chunki tizim islohotlarga muhtoj", - degan prezident.
Shuningek, Shavkat Mirziyoyev respublikadagi sport majmualarining bugungi faoliyatini tanqid qilgan.
Eslatib o‘tamiz, sport vaziri Dilmurod Nabiyev ushbu yilning yanvarida lavozimidan ozod etilgan edi.
Bosh vazir o‘rinbosari va Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov yaqinda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib saylangan edi.