"Chorvoq Oromgohi" va "Beldirsoy" sotuvga qo‘yiladi 

Prezident mart oyi oxiriga qadar 12ta jozibador obyektni sotuvga chiqarish va davlat budjetiga 1 trillion co‘m mablag‘ tushirishni topshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev - Sputnik. "Chorvoq" va "Beldirsoy" oromgohlari, Poytaxt biznes markazi va Malika bozori investorlar uchun jozibador bo‘lgan jami 12ta obyekt tez orada sotuvga chiqariladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev kecha bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida bosh vazir o‘rinbosari Qo‘chqorov J.A, va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari Ortiqov A.J.ga topshiriq berdi. 
Mart oyi yakuniga qadar "Poytaxt" biznes majmuasi, 46 gektar hududga ega "Beldirsoy2 va 76 gektar maydonli "Chorvoq" dam olish maskanlari, poytaxt markazidagi 4 gektarli yirik savdo kompleksi (Malika) kabi investorlar uchun jozibador bo‘lgan 12ta obyekt sotilishini ta’minlashi zarur, - dedi prezident.
Undan tashqari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari "Ortiqov aprel oyida "Kvars", "Jizzax plastmassa", "Kafolat sug‘urta" kabi 18ta korxonalardagi davlat ulushini sotib, joriy yilning birinchi yarmiga qadar budjetga 1 trillion so‘m tushum qilishi shart", - dedi prezident.