“Rosgvardiya birinchi go‘zali” ishdan haydaldi

“Rosgvardiya” sobiq birinchi go‘zali Anna Xramsova instagramda video joylashtirgani uchun xizmatdan bo‘shatildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. “Rosgvardiya”ning sobiq go‘zali Anna Xramsova instagramda video joylashtirgani uchun xizmatdan bo‘shatildi.
Tatariston eng go‘zali: toj kimga nasib qildi - foto
Videoda xizmat xonasi aks etgan kadrlar tushib qolgan. Rosgvardiyaning Sverdlovsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Xramsova shaxsiy javobgarlikni nazarda tutadigan xizmat majburiyatlarini buzgan.
Sobiq xodima “Moskovskiy komsomoles” nashriga bergan intervyusida, ishdan bo‘shatilishi sababini bilmasligini aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buyruqda qanday huquqbuzarlik uchun ishdan bo‘shatilganligi ko‘rsatilmagan. U hatto o‘z narsalarini, hujjatlarini olib ketish uchun ruxsat berilmaganligini ta’kidlaydi.
Ayol sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Ishga tiklashdan tashqari, Xramsova ma’naviy zarar va "majburiy ravishda ishlamagan kunlari" uchun maosh sifatida bir million rubl miqdorida kompensatsiya olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil aprelda yekaterinburglik politsiya xodimi, praporshik Anna Xramsova birinchi “Rosgvardiya go‘zali” foto-tanlovining g‘olibasi bo‘lgandi.