TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Kruger milliy bog‘ida (Janubiy Afrika) sayyohlar - shifokor va bank xodimi Anjela va Kreyg Uiks timsoh, ohu va qoplon bilan yuz bergan holatni tasvirga olishdi.
Sayyohlar impalalar (ohu) podasi yog‘ingarchilikdan so‘ng hosil bo‘lgan ko‘l oldida to‘xtashganini ko‘radi.
“Biz oyog‘i singan impalani yaxshilab ko‘rish uchun to‘xtadik. To‘satdan 4 metrli timsoh suvdan sakrab chiqib, uni loyqa suvga sudrab ketadi”, - deydi Anjela.
Ular o‘rtasida olishuv 2 daqiqa davom etdi, ammo ohu timsohdan qochib, suvdan chiqadi.
Ko‘l yonida esa qoplon vaziyatni kuzatib turgan ekan.
“Biz impala kutilmagan tarzda o‘ljaga aylashishidan hayratga tushdik, timsoh qanday qilib kichik loy hovuzida yashiringanligini ko‘rib hayron qoldik. Impala timsohdan qutulganida, biz tinchlangan edik. Lekin bir necha soniyadan so‘ng, u qoplon pistirmasiga tushadi. Biz uchun bu unutilmas manzara, "noyob tajriba" bo‘ldi”, - deydi Kreyg.
Shundan so‘ng, qoplon impalani yaqin atrofdagi daraxt soyasida yeya boshlaydi.