Yoqutistonda -45 daraja sovuqda raqs fleshmobi - video  

Sovuq qotmaslik uchun raqsga tushish kerak: Yoqutistonda -45 daraja sovuqda raqsga tushayotgan qizlar barchani hayratda qoldirdi.
Sputnik
Yoqutistonda -45 daraja sovuqda raqsga tushayotgan ayollar Internetni portlatib yubordi. 
Ushbu fleshmobda "Zumba gold" nomli mahalliy havaskor raqs markazi a’zolari ishtirok etishdi. Havo harorati noldan ancha past bo‘lishiga qaramasdan ular xotirjam raqsga tushmoqda. Videoni diqqat bilan tomosha qilganda qizlarning birining ko‘z mijjasi ham muzlab qolganini ko‘rish mumkin. 
Aytish joizki, Yoqutistonning ushbu mahalliy raqs guruhi oldin ham ana shunday tadbirlar uyushtirgan edi. Xususan mahalliy bayram kunlari va 9-may G‘alaba kunida ham.