WhatsApp’da ko‘p foydalanuvchilar uchun kerak bo‘lgan funksiya paydo bo‘ladi

WhatsApp messenjerida videolar bo‘limiga tegishli bo‘lgan yangi funksiya sinovdan o‘tkazilmoqda. Uning yordamida ovozsiz videolarni yuborish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. WhatsApp messenjeri video bo‘limiga tegishli bo‘lgan yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda.  
Telefonga WhatsApp o‘rnatganda qanday shartga rozi bo‘lish kerak
WABetaInfo ma’lum qilishicha, videolarni tahrir qilish vaqtida alohida belgi paydo bo‘ladi, foydalanuvchi uning yordamida ovozsiz videoni yuborishi mumkin.
Hozircha funksiya 2.21.3.13 beta-versiyasida mavjud.
Bundan tashqari messenjerga yangi animatsion stikerlar to‘plami qo‘shiladi, shuningdek, guruh chatida “foydalanuvchini eslatib o‘tish” funksiyasi ham yaxshilanadi.
O‘tgan yil sentabrda messenjerda vaqtinchalik mediafayllar yuborish imkonini beruvchi yangi Expiring Media funksiyasi ishga tushirilgandi.