Rossiyaning Yevreysk avtonom viloyatidagi maxsus tabiat qo‘riqxonasida saqlanayotgan "prezident yo‘lbarslarning" yaqinda suratga olingan videosi paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2013-yilda Uzoq Sharq hududidagi tayga o‘rmonida bir necha holsizlanib qolgan yo‘lbarschalar topib olingan edi. Ularga Ustin, Kuzya, Borya, Svetlaya va Ilona deb nom berishgan va bir necha oy davomida parvarish qilishgan edi.
Shundan so‘ng, yo‘lbarslarning har biriga ularning joyini aniqlovchi bo‘yinbog‘ taqilib tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan edi. 2014-yilda Amur viloyatiga tashrif buyurgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kuzya, Borya va Ilona ismli yo‘lbarslarni tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborishda shaxsan ishtirok etgan edi. Shundan so‘ng ushbu besh nafar amur yo‘lbarslari OAVda "prezident yo‘lbarslari" deb atala boshlangan edi.
Tabiatshunos olimlar yo‘lbarslar ortidan sputnik orqali kuzatib borishi natijasida, Kuzya va Ustin Rossiyadan Xitoyga o‘tib ketishganini va keyin yana qaytib kelganini aniqlashgan. Ilona ismli yo‘lbars esa - umuman ko‘rinmay qolgan.
Ushbu videotasvirlarda ancha katta bo‘lib qolgan Svetlaya, Filippa va yana ikki yosh yo‘lbarslar aks etgan. Yevreysk avtonom viloyatidagi qo‘riqxonada jami 20ga yaqin yo‘lbarslar bor.