Toshkentda qalin tuman sababli samolyot zahira aeroportga yuborildi

Qalin tuman tufayli Toshkent aeroportiga qo‘nishi kutilayotgan samolyotlardan biri zahira aeroportga yuborildi. 
Sputnik
TOShKENT, 9 fev - Sputnik. Bugun erta tongda Toshkentni qalin tuman qoplab oldi. Toshkent aeroportiga qo‘nishi kutilayotgan samolyotlardan biri zahira aeroportga yuborildi, deb xabar qilmoqda Telegram-kanal "Novosti Tashkentskogo neba".
"Uzbekistan airways kompaniyasining Boeing 767-300 samolyotida Guanchjoudan Toshkentga amalga oshirilayotgan yuk reysi HY-150 Toshkent aeroportida ob-havo sharoitlari tufayli qo‘na olmadi. Tuman, ko‘rish uzoqligi 250 metr", - deyilgan  xabarda. 
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning dekabr oyida ham Toshkentni quyuq tuman qomlab olgan edi. O‘shanda bir necha aeroportlarda parvozlar bekor qilingan va ayrim aeroportlar yopilgan edi.