Tanzaniyada noma’lum kasallikdan kamida 15 kishi o‘ldi

Ta’kidlanishicha, bu kasallik hozircha keng tarqalmagan, uning avj olishi faqat bitta ma’muriy okrugda yuz bergan.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Tanzaniyada noma’lum infeksiyani yuqtirib olish oqibatida kamida 15 kishi vafot etdi va 50 dan ortiq odam kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “Africa Feeds” nashri mamlakat sog‘liqni saqlash organlari vakillariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Hindistondagi noma’lum kasallikning ehtimoliy sababi aytildi
“Bu kasallik hozircha keng tarqalmagan, uning avj olishi faqat bitta ma’muriy okrugda yuz berdi, u yerda odamlar qon qusib, vaqtida kasalxonaga olib borilmaganlari o‘la boshladi”, — deydi Mbeya viloyati Chunya okrugi bosh shifokori Felista Kisandu.
Kisanduning so‘zlariga qaraganda, dastlabki tekshiruv asosan erkaklardan iborat bo‘lgan bemorlar oshqozon yarasi va jigar kasalliklaridan azob chekkanini ko‘rsatgan.
“Mwananchi” nashrining yozishicha, Tanzaniya sog‘liqni saqlash vaziri mintaqaga ekspertlar guruhini jo‘natgan. Ular kasallikning avj olish sabablarini o‘rganishi va tadqiqot uchun namunalar olishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabrida Hindistonda noma’lum kasallik sabab 350 nafardan ziyod kishi kasalxonaga tushgani va bir kishi vafot etgani xabar qilingan edi.