TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Vaqti-vaqti bilan ekspertlar hamjamiyati dunyoning yetakchi mamlakatlari tomonidan dollardan voz kechish masalasiga qaytadi. Ammo amalda bu yaqin kelajakda imkonsiz – buning uchun o‘nlab yillar kerak bo‘ladi, dedi Klopenko Group ijrochi direktori Dmitriy Ivanov. RIA Novosti xabariga asosan.
Ekspert global moliya sanoati dollarga bog‘liqligi, barcha savdo operatsiyalarining 80 foizi AQSh valyutasida amalga oshirilishini eslatdi.
"Dollardan voz kechish - bu uning o‘rnini bosuvchi vositani topish, deganidir, ammo hozircha bunday valyuta yo‘q, na yevro, na Xitoy yuani, na boshqa “fiat valyutalari” dollarni almashtirishga qodir emas", - deb ta’kidladi Ivanov.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, dollardan ajralish jarayoni o‘nlab yillar davom etishi mumkin.