TOShKENT, 9 fev — Sputnik. SWIM loyihasi olimlari Marsning shimoliy yarim sharida ko‘milgan muz resurslarining batafsil xaritasini chop etishdi.
Unda odamlar doimiy yashashi uchun mo‘ljallangan - Mars bazasi hududida muzliklar maydoni alohida belgilangan. Tadqiqot natijalari Nature Astronomy jurnalida chop etilgan. RIA Novosti xabariga asosan.
SWIM (Subsurface Water Ice Mapping) loyihasi maqsadi - Marsga qo‘nish uchun joyni tanlashni ishlarini yengillashtirish maqsadida yuza ostida, ko‘mib qo‘yilgan muz konlarini xaritaga tushirishga qaratilgan.
Muz - bu Mars bazasi faoliyati uchun muhim bo‘lgan: odamlar va o‘simliklar, metan yoqilg‘isi va nafas olish havosini ishlab chiqarish uchun muhim suv manbai hisoblanadi. Eng asosiysi - Yerga qaytish uchun muz suvidan yoqilg‘i olishda foydalanish mumkin.
"Marsga borish va Yerga qaytish uchish uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘ini tashish imkonsiz. Shu sababli Mars missiyasining deyarli har bir loyihasi mahalliy resurslardan yoqilg‘i sifatida foydalanishni o‘rganadi", - deydi maqolaning yetakchi muallifi Garet Morgan.
NASA olimlari - Mars Reconnaissance Orbiter, Mars Odyssey i Mars Global Surveyor kosmik kemalaridan olingan ma’lumotlarni umumlashtirishdi va mazkur loyiha uchun maxsus ishlab chiqilgan yagona algoritm yordamida qayta ishlashdi. Yangi usul yordamida Mars sathidagi turli joylarda ko‘milgan muzliklarni miqdoriy jihatdan baholashga imkon berdi.
Tadqiqotchilar uchun eng katta qiziqish shimoliy yarim sharning o‘rta kengliklari bo‘lib, u yerda doimiy bazani joylashtirish uchun zarur bo‘lgan ikkita asosiy omil - quyosh nurlarining yetarli miqdori va suv muzliklari bo‘lishi mumkin.
"Mars - muzli sayyora, va bu yaxshi yangilik. Asosiy maqsad - odamning qo‘nishi uchun mo‘ljallangan joyda muzni topish kerak,” - deydi Morgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil kuzda italiyalik olimlar Marsning janubiy qutbida muzliklar ostida sho‘r suvli ko‘llarni aniqlashgandi. Tadqiqotchilar tarmoq 4ta suv havzasidan iborat bo‘lgani, eng kattasi tizimning markazida joylashgani, uning eni 30 kilometrni tashkil qilishi, ko‘llar 1,5 kilometr chuqurlikda joylashgan, deb yozishgan.