Gurlanda yer maydonini 50 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Gurlan tumani bo‘limi xodimlari zaxiradagi ekin yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgarni ushladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Xorazm viloyatining Gurlan tumanida zaxiradagi ekin yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.
“Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yaman”: Qarshida firibgar qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Gurlan tumani bo‘limlari tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda E.A.  boshqa bir fuqaroga ukasining nomiga elektron-onlayn auksionida yutib olingan 5 sotix yer maydoniga qo‘shib, tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 19 sotix ekin yer maydonini 50 ming dollarga sotishga kelishgani aniqlangan.
Keyinchalik hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 20 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan E.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.