YeOIIda yashash, o‘qish va biznes yuritish qulay bo‘lishi kerak – Mishustin

Rossiya Iqtisodiy ittifoq hududida tovar va xizmatlarning, kapital va ishchi kuchining erkin harakatini ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishda davom etadi, dedi bosh vazir.  
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. YeOII davlatlarida yashash, ishlash, o‘qish va biznes olib borish uchun hayot qulay bo‘lishi kerak, dedi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin.
Beshinchi fevral kuni Olma-Otada YeOII hukumat rahbarlari kengashi bo‘lib o‘tgan edi. Unda 2020-yil dekabrida YeOII kuzatuvchi maqomini olgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etgan edi.
“Yevroosiyo itifoqi faol rivojlanmoqda, bunga murakkab epidemiologik vaziyat ham, o‘zgarib borayotgan tashqi konyuktura ham xalal bera olmaydi”, - dedi Mishustin seshanba kuni vazir o‘rinbosarlari bilan bo‘lib o‘tgan majlisda.
Bosh vazir aytishiga qaraganda, Rossiya Iqtisodiy ittifoq hududida tovar va xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin harakatini ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishda davom etadi.
“Bizning davlatlarimizda yashash, o‘qish va biznes yuritish qulay bo‘lishi kerak”, - dedi Rossiya bosh vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masalalarni hal qilish Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining hukumatalararo kengashida muhhokama qilinadi. Kenash majlisi bahorda bo‘lib o‘tishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda be davlat YeOII a’zosi bo‘lgan: Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston. Uzbekistan, Kuba va Moldova – kuzatuvchi maqomida.