TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-flotida katta janjal: leytenant-ayol va uning sevgilisi o‘ta maxfiy atom suvosti kemasida “kattalar uchun video”ni tasvirga olgani aniqlandi. Bu haqda The Sun nashri xabar qildi.
Nashr yozishicha, Kler Jenkins va yetakchi dengizchi Liam Doddington suvosti kemasida katta bir studiyani tashkil qilishgan ekan. Britaniyalik ayol videoni OnlyFans ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan, u yerda obunachilar erotik mazmundagi kontentni ko‘rish uchun pul to‘laydi.
Ta’kidlanishicha, juftlik Klayd dengiz bazasida, Shotlandiyaning Glazgo shahridan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Fasleyn bazasida harbiy xizmat o‘tagan. Ayna shu yerda Buyuk Britaniyaning dengiz flotining o‘ta maxfiy atom suvosti kemalari joylashgan.
"Qo‘mondonlar bunga ishonishmayapti. Axir, bu Britaniya floti xavfsizligi uchun turli xavf-xatarlarga olib kelishi mumkin", - deydi harbiy-dengiz flotidagi manba.
Harbiy-dengiz bazasi rahbariyati tergov olib bormoqda.