Rossiyaning Chelyabinsk shahridan bo‘lgan matematika fani o‘qituvchisi Potr Zemskov ta’lim berishda TikTok᾽dan foydalanishga qaror qildi.
U qisqa videolar orqali qiyin formula va zerikarli masalalarni tushuntirib bermoqda. Bu uni TikTok yulduziga aylantirdi. Hozir uning sahifasiga 250 mingdan ziyod kishi obuna bo‘lgan va matematikani o‘rganmoqda.
Zamon ta’limga yangicha yondashuvni talab qilmoqda va ayrimlar buning uddasidan chiqmoqda. Rossiyalik o‘qituvchi buning yaqqol dalilidir.