TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov amaldorlardan uning portretini ma’muriy binolarda osib qo‘ymasliklarini so‘radi, deb aytdi davlat rahbari matbuot kotibi Galina Bayterek. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
"Prezident hozirgi paytda u fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash uchun hech narsa qilmadi, deb hisoblaydi. Shuning uchun u barcha idoralar va ma’muriy binolarda uning portretini osishdan tiyilishni tavsiya qildi", - dedi matbuot kotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Japarov davlatchilikni mustahkamlash va Qirg‘izistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan Jusup Abdrahmanov va Isxak Razzoqov singari taniqli davlat arboblarining portretlaridan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.