Toshkentda teplovoz “Cobalt” bilan to‘qnashdi

Yashnobod tumanida teplovoz Qozog‘iston fuqarosi boshqaruvidagi “Cobalt” avtomobili bilan to‘qnashdi. Jabrlanganlar yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Toshkent shahrining Yashnobod tumanida teplovoz va “Cobalt” avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.
Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashib ketdi
YTH 8-fevral kuni taxminan soat 12:30 da Oxangaron ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yuk tashuvchi teplovoz mashinisti 32 yoshli O.A. belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanib borgan. Uning yo‘liga 58 yoshli Qozog‘iston fuqarosi B.A. boshqaruvidagi “Cobalt” avtomobili chiqqan.
To‘qnashuv oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Hozirda YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.