Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashib ketdi

Uchtepa tumanida “MAN” (46-sonli yo‘nalish) va “Isuzu” (134-sonli yo‘nalish) avtobuslari o‘zaro to‘qnashishi oqibatida bir yo‘lovchi yengil tan jarohati oldi.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Toshkent shahrida “MAN” va “Isuzu” rusumidagi avtobuslar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Toshkentda avtobus haydovchisi 57 yoshli piyodaning umriga zomin bo‘ldi
YTH 8-fevral ertalab soat 06:50 atrofida Ko‘kcha Darvoza-To‘qimachi ko‘chalari kesishgan chorrahada ro‘y bergan. 46-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi “MAN va 134-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi “Isuzu” avtobus haydovchilari o‘zaro to‘qnashgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan. U shifoxonaga olib borilgan va unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hozirda xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda.