TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Brent navli neftning narxi 2020-yilning yanvar oyidan buyon ilk bor barreliga 60 dollardan oshdi, RIA Novosti xabariga asosan.
Moskva vaqti bilan soat 08:25da Brent navining aprel oyi fyucherslari narxi 0,77%ga oshib 60,01 dollarni tashkil qildi. Mart oyidagi fyucherslar 1,18 foizga oshib 57,53 dollarni tashkil qildi, - deyilgan xabarda.
Neft narxining o‘sishi dunyo bozorlarida barqarorlik o‘rnatilishi va talab oshishiga bo‘lgan ishoncha bog‘liq. Butun dunyoda olib borilayotgan vaksinatsiya kasallik miqdori kamayishiga va karantin cheklovlarining olib tashlanishiga olib kelishi kutilmoqda. Karantin cheklovlarining bekor qilinishi neftga bo‘lgan talabning pandemiyagacha bo‘lgan darajasiga qaytarishi kerak.
Undan tashqari fevral oyidan boshlab OPEK+ kelishuvlari ishga tushadi va ayrim davlatlar shartnomaga asosan neft qazib olishni kuniga 1,425 million barrelgacha kamaytirishi kerak. Ushbu miqdorning bir million barreli Saudiya Arabistoni ulushiga to‘g‘ri keladi.