TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 9-fevraldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 9,61 so‘mga pasayib, 10 530,83 so‘m tashkil qildi.
Yevro ham 110,65 so‘mga pasaydi va 12 681,23 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli esa 1,91 so‘mga ko‘tarilib, 141,10 co‘m etib belgilandi.