TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Eron Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Fors ko‘rfazining nomi noto‘g‘ri ishlatilishi yuzasidan norozilik notasini yubordi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Eron TIV rasmiy vakili Said Xatibzade ma’lum qilishiga ko‘ra, norozilik notasi yuborilishiga Rossiya Tashqi ishlar vazirligining arab tilidagi olib boriladigan Twitteri tarmog‘ida e’lon qilingan postda Fors ko‘rfazining “Arab ko‘rfazi” deb atalishi sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Fors ko‘rfazi arab davlatlari va Yevropada, odatda, “Ko‘rfaz” deb ataladi, lekin Eron ushbu hududning faqat “Fors ko‘rfazi” degan nomini tan oladi. So‘nggi vaqtlarda ayrim arab manbaalarida “Arab ko‘rfazi” nomi ham uchrab turadi.