Qashqadaryoda zovurdan bir fuqaroning jasadi topildi

Yakkabog‘ tumani “Cho‘mich” mahallasi hududidagi zovurdan odam jasadi topildi. Tergov tezkor guruhi jasad kimligini aniqladi.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi zovurdan odam jasadi topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.
Toshkent shahrida 31 yashar ayolning jasadi aniqlandi
Ma’lum qilinishicha, viloyat IIBga holat haqida 2021-yil 6-fevral kuni xabar berilgan.
Voqea joyiga yetib borgan tergov tezkor guruhi surishtiruvidan so‘ng “Cho‘mich” mahallasi hududidagi zovurdan topilgan jasad fuqaro J.S.ning jasadi ekanligi ma’lum bo‘lgan.
“Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etamiz”, — deyilgan xabarda.