TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Tergov boshqarmasi katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanalida xabar qilindi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda tergovchi va hibsxona boshlig‘i fuqaroning opasidan so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.