Aleksandr Lukashenko diplomatning ikki mamlakat munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasini alohida ta’kidlab o‘tdi, deya yozadi Sputnik Belarus
Lukashenko elchiga mustahkam sog‘liq va O‘zbekiston manfaati yo‘lidagi ishlarda keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilagan.
Shu bilan birga, Belarus yetakchisi uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.
“Aminmanki, u O‘zbekiston qadrlaydigan kishi. Uning mustaqil O‘zbekiston rivojlanishining ma’lum bir davridan keyin qilishni boshlagan ishlari ertaga ijobiy natija beradi”, - deya ishonadi u.
“U bilan O‘zbekistonning rejalari to‘g‘risida gaplashishni boshlaganimda ba’zida hatto qo‘rqib ketaman. U barchasiga juda tez kirishib ketmadimikan, deb o‘ylanib qolaman. Ammo hozircha hammasi o‘xshayapti”, - dedi Lukashenko.