TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Prezident qarori bilan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi.
Mazkur fond:
- Alisher Navoiy hayoti, yuksak insonparvarlik g‘oyalari va ilmiy-adabiy merosini mamlakatda va xalqaro miqyosda keng o‘rganadi va targ‘ib qiladi;
- Alisher Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilib, mukammal ilmiy nashrlarini yaratadi hamda ularni respublikada va chet ellarda nashr etadi;
- Alisher Navoiyning ilmiy-adabiy merosini tadqiq etayotgan adib va olimlar faoliyatiga ko‘maklashadi.
Qaror bilan, shuningdek, fond Vasiylik kengashi tarkibi hamda fond tuzilmasi ma’qullandi.