Gruziya muntazam parvozlarni tikladi, biroq sayyohlardan darak yo‘q – video

Fevral boshidan Gruziya bosqichma-bosqich muntazam xalqaro parvozlarni qayta tiklashni boshladi. Hozir Gruziyaga asosan mamlakat fuqarolari qaytmoqda.
Sputnik
Gruziya hukumati 2021-yil 1-fevraldan bosqichma-bosqich muntazam aviaqatnovlarni tiklashga qaror qildi.
Yevropa “Sputnik V”ga qiziqish bildirmoqda, Gruziya esa emlanganlar uchun chegaralarni ochdi
Tbilisi aeroporti qariyb to‘qqiz oydan so‘ng o‘z ishini tiklamoqda. Hozir Gruziyaga 12 mamlakatdan uchib kelish mumkin. Ammo kelayotgan orasida hozircha sayyohlar yo‘q. Xorijliklar asosan ish ishlari bilan kelishmoqda, yo‘lovchilarning asosiy qismini Gruziya fuqarolari tashkil etadi.
Ekspertlar yaqin kunlarda turizm sohasi gurkirab yashnashiga umid qilmaslik kerakligini aytishmoqda.
Hukumat yozga kelib sayyohlar oqimi ko‘payishiga umid qilmoqda.