O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida migratsiya bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi

2021 yilda 500 nafar O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyada mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun tashkiliy tartibda yuborish ko‘zda tutilgan.
Sputnik
TOShKENT, 6 fev - Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari, Tashqi ishlar vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatning Germaniyadagi elchixonasi va Germaniyaning "GfM Gruppe" kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Hozir Rossiyaga ishga ketish tartibi qanday - Migratsiya agentligi javobi
Videoaloqa shaklida o‘tkazilgan muloqotda O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish masalasi bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston fuqarolarini tibbiyot, qurilish, yo‘lsozlik, informatsion texnologiyalari, logistika, qariyalarni parvarish qilish, metalkonstruksiyalari va boshqa texnik sohalarida Germaniyada Federativ Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish masalasi bo‘yicha Hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Ushbu kelishuvga binoan, 2021-yilda 500 nafar O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyada mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun tashkiliy tartibda yuborish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonda "GfM Gruppe" kompaniyasining o‘quv muassasasini ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.