TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Qorin dam bo‘lishining asosiy belgisi, odatda, - qorin dam bo‘lishini (gaz yig‘ilishini) oshiruvchi mahsulotlarni haddan ko‘p iste’mol qilishdir.
Ammo, Express nashri Britaniya onkologiya uyushmasiga tayanib, xabar berishicha, bu ichak saratoni belgisi bo‘lishi ham mumkin.
Qorin dam bo‘lishi - assit - ya’ni qorinda suyuqlik to‘planadigan bir holatdan signal beradi. Va u rak kasalligining birinchi belgisidir.
Bundan tashqari, nafaqat saraton kasalligi, balki gastroparez, yallig‘langan ichak sindromi, glyuten kasalligi ham qorin dam bo‘lib, kattalashib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Har qanday holatda, yuqoridagi barcha sanab o‘tilgan kasalliklarni albatta davolash kerak. Qorin nega dam bo‘lishi sabablarini shifokorga uchrab, aniqlashtirib, tegishli davolash muolajalarini olish lozim.