YeOII: Qirg‘iziston migrantlar uchun chegaralarni ochishni taklif qildi

Ocheredi migrantov v UFMS
Qirg‘iziston bosh vaziri Ulukbek Maripov YeOII yig‘ilishida chegaralarni ochishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi tufayli migrantlar noqulay vaziyatga tushib qoldi.
Sputnik
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri Ulukbek Maripov YeOII yig‘ilishida chegaralarni ochishni taklif qildi.
"Hozirgi vaqtda korxonalarni zarur miqdordagi ishchilar bilan ta’minlash, migrantlarni o‘z ish joylariga qaytarish uchun cheklovni bosqichma-bosqich olib tashlash va mamlakatlarimiz o‘rtasida parvozlar sonini ko‘paytirish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi", - dedi u.
Maripov o‘z nutqida koronavirus pandemiyasi tufayli mehnat migrantlari noqulay vaziyatga tushib qoldi, deb ta’kidladi.
Shuningdek, Qirg‘iziston vakili hamkasblarini uyushma doirasida faol ish olib borishga tayyorligiga ishontirdi.
Flagi Kirgizstana i Uzbekistana
Abdulla Aripov Qirg‘iziston prezidentini O‘zbekistonga taklif etdi
Shuningdek, YeOII doirasida va uchinchi davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik sohasida o‘zaro aloqalarni kengaytirish mavzusiga to‘xtalib o‘tdi.
"Aynan shu yo‘nalishni amalga oshirish - ittifoqning yirik Yevroosiyo sherikchilik markazi sifatida barcha imkoniyatlarini ochib beradi, deb hisoblaymiz", - dedi Maripov.
Qozog‘iston megapolisida bo‘lib o‘tayotgan YeOII hukumat rahbarlarining yig‘ilishi bu yilgi birinchi uchrashuvdir. Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya bosh vazirlari, shuningdek kuzatuvchi davlat - O‘zbekiston ham ishtirok etmoqda.