O‘zbekiston va YeOII

Yaqinda O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy komissiyadagi vakili tayinlanadi - video

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) integratsiyani rivojlantirish departamenti rahbari Goar Barsegan Sputnik’ga bergan eksklyuziv sharhiga ko‘ra, O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanadi.
Sputnik
YeIKning integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazyev va O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Botirjon Asadov o‘zaro anglashuv memorandumi va qo‘shma harakatlarning keyingi rejasini imzolashni muhokama qildilar.
Barsegan ta’kidlashicha, memorandum loyihasi deyarli tayyor. Tez orada barcha sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirishga imkon beradigan harakatlar rejasi imzolanadi.
Komissiya tarkibiga O‘zbekiston vakilining rasmiy tayinlanishi kutilmoqda - kuzatuvchi-davlat bunday huquqqa ega.
Eslatib o‘tamiz, 11-dekabr kuni O‘zbekistonga YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.