O‘zbekistonga qancha AstraZeneca vaksinasi olib kelinadi?

O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 2,6 mln doza AstraZeneca vaksinasini oladi. Vaksinaning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etadi.
Sputnik
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasini oladi, deb xabar qildi YuNISEF.
Respublika 2,6 mln doza AstraZeneca/Oxford vaksinasini oladi.
COVAX dasturida 18 ta davlat: Butan, Boliviya, Bosniya va Gersegovina, Kabo-Verde, Kolumbiya, Salvador, Gruziya, Maldiv orollari, Moldova, Mo‘g‘uliston, Peru, Filippin, Koreya Respublikasi, Ruanda, Janubiy Afrika, Tunis, Ukraina, Iordan darosining g‘arbiy sohili va G‘azo sektori - birinchi bo‘lib 1,2 million doza Pfizer/Biontech vaksinasini oladi.
Rossiya vaksinasi G‘arbni hayratga soldi - Welt
Vaksinaning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi paytda O‘zbekiston Rossiya COVID-19 vaksinasini ishlab chiqaruvchisi bilan “Sputnik V” preparatini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Avvalroq, SES rahbari Adham Baxromov respublikaga 100 ming doza vaksina olib kelish masalasi ko‘rib chiqilayotganligini aytgandi.
O‘z navbatida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev ta’kidlashicha, ayni paytda O‘zbekiston tomoni “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikatlash ustida ish olib bormoqda va uni mamlakatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda. Xususan, "Sputnik V" vaksinasini import qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, emlashga tayyorgarlik ko‘rish va tibbiyot xodimlarini o‘rgatish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Hujjat keyinchalik imzolash uchun Rossiya Federatsiyasiga yuborildi.