Olimpiadada muxlislarga baqirish va kuylash man etildi

Tokiodagi Olimpiada tashkilotchilari sport ishqibozlariga baqirish va qo‘shiq aytishni man qilishga qaror qilishdi. Odamlar o‘z hissiyotlarini qanday ifodalashlari mumkinligi haqida - materialimizda.
Sputnik
TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bir vaqtda kutilayotgan Olimpiada o‘yinlarida o‘zni tutish qoidalari jamlanmasini e’lon qildi. Bu haqda Olimpiada o‘yinlari rasmiy saytida e’lon qilingan.
O‘zbekiston karatechilari Olimpiadaga tayyorlanmoqda
3 fevral kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va Tokiodagi olimpiada tashkiliy qo‘mitasi koronavirus pandemiyasi vaqtida kutilayotgan olimpiada o‘yinlarida o‘zni tutish qoidalari jamlanmasini e’lon qildilar.
Yangi qoidalarga ko‘ra, sportchilar va musobaqalar qatnashchilarini faqatgina chapak chalish orqali qo‘llab-quvvatlashga ruxsat berildi. Bu chora koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan.
Atletlarning o‘ziga faqatgina birinchi 14 kun davomida musobaqalar, barlar va turistik manzillarni tomoshabin sifatida borishga ruxsat beriladi. Ularga shuningdek, yaqindan aloqada bo‘lgan kishilar ro‘yxatini taqdim etish majburiyati yuklanadi.
Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari 2020-yilning 24-iyulidan 9-avgust sanasigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalar bir yilga uzaytirildi. Hozirda olimpiya o‘yinlari 2021-yilning 23-iyulidan - 8-avgustigacha, Paralimpiya o‘yinlari esa 24 avgustdan 5-sentabrgacha bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda.