TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbkekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning vakolati tugatilmoqda. Bu haqda "Yuksalish" umummilliy harakati xabar bermoqda.
Qonunchilik palatasida rais bilan birga Markaziy saylov komissiyasining quyidagi 6 nafar xodimi vakolatlarini tugatish masalasi ham ko‘rib chiqilgan:
- Janabay Sadikov — huquqshunos;
- Otagaldi Bobojonov — Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Xalq qabulxonasi mudiri;
- Muhayyo Jo‘rayeva — «Hunarmand” uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i;
- Esanbay Rajabov — Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi maslahatchisi;
- Erkin Xo‘jaqulov — Toshkent shahar umumurisdiksiya sudining raisi;
- Jalil Norov (marhum).
Bundan tashqari, xabarda yozilishicha, Qonunchilik palatasi quyidagi 8 nafar yangi a’zolar nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi:
- Ergash Yusupov — Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi;
- Zayniddin Nizamxo‘jayev — Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari;
- Aleksandr Farmonov — «O‘zelektroapparat” AJ boshqaruv raisi maslahatchisi;
- Muyassar Kadirova — O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati mas’ul tashkilotchisi;
- Bahrom Kuchkarov — Adliya vaziri o‘rinbosari;
- Shuhrat Jo‘rayev — nafaqada;
- Orifjon Bazarov — Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori;
- Alisher Usmonqulov — Jizzax politexnika instituti rektori.
Eslatib o‘tamiz, Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Markaziy saylov komissiyasi raisi sifatida 2005-yil 7-maydan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avvalroq Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov deputatlar O‘zbekistonda navbatdagi prezident saylovlari 2021-yilning 24-oktabrida bo‘lib o‘tishini belgilaganini ma’lum qilgan edi.