COVID-19 ning noodatiy alomati aytildi

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ayrim koronavirus bilan kasallangan bemorlar oyoqlardagi shish va achish hissi ustidan shikoyat qilishgan.
Sputnik
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Oyoq barmoqlarining qizarishi COVID-19 rivojlanayotganidan darak berishi mumkin. Bu haqda shifokor Huseyn Abde “Express” nashriga ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
Koronavirusni ikki daqiqada yo‘q qiladigan usul topildi
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim koronavirus bilan kasallangan bemorlar oyoqlardagi shish va achish hissi ustidan shikoyat qilishgan.
G‘alaba yaqin: dunyoda COVID-19’ga qarshi emlanganlar soni kasallanganlar sonidan oshib ketdi
“Oyoq barmoqlarini zararlantiradigan teri toshmalari diqqatni qaratish kerak bo‘lgan alomatlardan biri hisoblanadi”,  - deya ogohlantirgan mutaxassis.
Abde “kovid oyoqlardagi” sezishlar eshak emi yoki qizamiqqa o‘xshashligi va zudlik bilan tibbiy yordam talab qilishini ta’kidladi.
Koronavirus erkaklarda bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 105 millionga yaqinlashmoqda. Shulardan 76,7 millioni shifo topgan. 2,2 milliondan ziyod kishi qurbon bo‘lgan.