TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov juma kuni Olmaotada bo‘lib o‘tadigan YeOII hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi. "Dunyo" axborot agentligi xabariga asosan.
"Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi ertaga Olmaotada (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi", - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston hukumati rahbari birinchi marta Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Shuningdek, Abdulla Aripov "Almaty Digital Forum 2021" forumida ishtirok etadi.
Avvalroq Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bo‘lajak yig‘ilish kun tartibiga 11 masala kiritilganini ma’lum qildi: ittifoq hududida maxsus himoya, antidemping va kompensatsiya choralarini qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish, YeOII tarif preferensiyalar yagona tizimidan foydalanuvchi-davlatlar ro‘yxatlarini yangilash.
Hukumatlararo kengash ittifoq davlatlarining dengiz o‘tish punktlarida elektron hujjat aylanishini rivojlantirish konsepsiyasi, YeOII davlatlarida amalga oshiriladigan chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha seleksiya va naslchilik ishlarini muvofiqlashtirish va analitik ta’minoti tartibi muhokama qilinadi. Bundan tashqari, YeIK makroiqtisodiy vaziyat to‘g‘risida doklad va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda YeOII a’zolari – Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston. Kuzatuvchi – davlatlar – O‘zbekiston, Kuba va Moldova.