Bir necha hafta oldin Italiyanig "Jenoa" futbol klubi rasmiy YouTube kanalida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning rossiyalik 13 yoshli futbol muxlisi va bloger Maksim Istomin bilan bo‘lgan intervyusi chiqqan edi. Sputnik tahririyati Shomurodovning yosh muxlisi bilan bog‘landi.
— Maksim, "Jenoa" efiridan so‘ng hayoting o‘zgardimi?
— Ha, albatta. Eldor bilan onlayn uchrashuvimizdan so‘ng ko‘plab OAVlar bu haqida yozishdi, menga tabriklar yuborishdi. Men “MatchTV”ga intervyu berdim va "Telesport" kanali jonli efirida bo‘ldim. Eldor bilan bo‘lgan intervyu 65 ming marta tomosha qilindi va kanal tarixida eng ko‘p tomosha qilingan videoga aylandi. Xullas, ko‘p qiziq ishlar bo‘ldi.
— Sen Shomurodov bilan olnlayn muloqot qilishni orzu qilganmiding?
— Ha, alabatta, men shunga harakat qilgan edim, lekin aynan shunday bo‘lishini tasavvur qilmagan edim. Buning uchun men "Jenoa" klubidan juda minnatdorman. Endi navbatdagi maqsadlarga o‘tamiz.
© Iz lichnogo arxiva Maksima Istomina
— Sening yaqinlaring va do‘stlaring ushbu efirga qanday munosabatda bo‘lishdi?
— Ular mendan juda xursand bo‘lishdi, tabriklashdi. Notanish odamlar ham YouTubedagi "Futbolniy Maksimum" kanalimda juda ko‘p izohlar qoldirishdi va ijobiy baholar berishdi.
—Senga Shomurodovning o‘yini nimasi bilan yoqadi?
— Menga uning ajoyib yakkaxon o‘tishlari (hujumlari), oldindan ko‘ra bilishi, maydonni nazorat qilishi va “ikkinchi qavatda” o‘ynashi (bosh bilan) juda yoqadi.
— Sen u bilan shaxsan ko‘rishganmisan?
— Xa, Eldor "Rostov" tarkibida o‘ynagan vaqtalarida bir necha marotaba o‘yindan so‘ng va o‘yin oldidan. Bir-ikki marotaba birga rasmga ham tushganmiz.
© Iz lichnogo arxiva Maksima Istomina
— Seningcha, Shomurodovda Yevropaning top klublariga o‘tish imkoni bormi?
— Albatta bor deb o‘ylayman. Shomurodov — yuqori darajali futbolchi. Menimcha, hozir uning karyerasi uchun juda to‘g‘ri keladigan vaqt. U Italiyada o‘zini yaxshi ko‘rsatishi kerak, o‘shanda hammasi amalga oshadi.
—YouTubedagi kanallar yoki boshqa futbol ekspertlari bilan raqobat qilishdan qo‘rqmaysanmi?
— Nimaga ulardan qo‘rqishim kerak? Men o‘zimning videolarimni tayyorlayman, ular o‘zlarinikini. Menga o‘zim qilayotgan ishim yoqadi. Menimcha, muxlislarimga ham.
— Sen izohlarga javob berishga ulgurayapsanmi?
— So‘nggi vaqtlarda ularning soni juda oshgani uchun barchaga javob yerishga ulgurmayapman, lekin harakat qilayapman.
— Kanalingga reklama takliflari ham kelib tushayaptimi? Pul ishlashga qanday munosabatdasan?
— Monetizatsiya imkoni hali ulanmagan. Reklama takliflari ham kelgani yo‘q. Kelsa o‘ylab ko‘ramiz.
— Senga videolarni suratga olishda va montaj qilishda kim yordam berayapti?
— Suratga olishda dadam, montajda – tanishimiz, hujjatli film rejisseri Anna Barsukova yoradm berayapti. Bizlarning g‘oyalarimizni sifatli kontentga aylantirayotgani uchun u kishiga ulkan rahmat.
— Ota-onang sening muvaffaqiyatlaringga qanday munosabat bildirishmoqda?
— Ota-onam juda xursand. Ular ham doim meni qo‘llab-quvvatlab kelishgan. Ularning yordamisiz men maqsadlarimga erisha olmagan bo‘lardim!
© Iz lichnogo arxiva Maksima Istomina