“Ular masalaning mohiyatiga ahamiyat bermaydi, bu aniq. Ularga har qanday bahona kerak. Agar u bo‘lsa, uni eng qorong‘i burchakdan chiqarishadi, agar u yo‘q bo‘lsa, uni o‘ylab topishadi yoki yaratishadi. Bu taktika 2020-yilda, 2016-yilda, 2011-yilda bo‘lgan. Bu tiyib turish siyosati ko‘p yillar davomida olib borilmoqda. Biz ular butunlay boshqacha bahonalardan foydalanayotganini ko‘rmoqdamiz. Buning uchun ularga haqiqatni bilish, masalaning mohiyatiga sho‘ng‘ish, tushunish kerak emas”, - dedi diplomat "Solovyev LIVE" efirida.
Seshanba kuni Moskva shahridagi Simonovskiy sudi Navalniyning “Iv Roshe” ishi bo‘yicha shartli jazoni bekor qilish va uni 3,5 yil umumiy tartibdagi koloniya bilan almashtirish to‘g‘risida qaror chiqardi. Shundan so‘ng, ko‘plab davlatlar, shu jumladan AQSh, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiya hukumatiga uni ozod qilish to‘g‘risida chaqiriq bilan murojaat qilishdi.
Ilgariroq TIV Navalniy bilan bog‘liq vaziyatni sharhlayotgan chet ellik siyosatchilarga xalqaro huquqni hurmat qilish va o‘z davlatlarining muammolari bilan shug‘ullanishni maslahat berdi. Vazir Sergey Lavrov G‘arb siyosatchilarining ushbu mavzu bo‘yicha bayonotlari "ko‘chirgich qog‘oz" singari kelayotganini ta’kidladi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidlashicha, Kreml chet ellardan Navalniyga oid bayonotlarga quloq solish niyatida emas.
Sudlar Jazoni ijro etish federal xizmat (FSIN)ning Navalniyni shartli jazoni almashtirish haqidagi arizalarini 3-marta ko‘rib chiqqan - har safar rad etib, faqat uning muddatini uzaytirdi. Ammo so‘nggi uch yil ichida, FSIN ma’lumotlariga ko‘ra, Navalniy deyarli 60 marotaba jinoiy-ijro inspeksiyasida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tmagan (u buni oyda 2-marta bajarishga majbur) va juda ko‘p miqdorda ma’muriy jazolarga tortilgan, ular orasida katta miqdorda jarimalardan tortib hibsga olishgacha. Ushbu dalillarning har biri alohida va barchasi birgalikda, qonunga binoan, mahkumga shartli jazoni o‘tash imtiyozining bekor qilinishi mumkin. Bu chora Rossiyada juda faol qo‘llaniladi - o‘tgan yilning o‘zida shartli jazo 11,3 ming kishiga, 2019-yilda esa - 15 mingdan ziyod kishiga almashtirildi.
Yevropa inson huquqlari sudi Navalniy faqat siyosiy faoliyati uchun ta’qib qilinayotgani haqidagi da’volarni rad etdi: garchi Strasburg “Iv Roshe” ishi zamirida siyosiy sabablar yashiringanligini tan olmagan bo‘lsada, (aynan shu bo‘yicha shikoyat berilgan edi) uy qamog‘i uchun kompensatsiya tayinladi, uni Rossiya hukumati uni to‘liq to‘ladi.