TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Bishkekda parlament binosi yaqinida Ulukbek Maripovning Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlanishiga qarshi miting bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik muxbiri xabar qilishicha, taxminan 50 kishi Bosh prokuror o‘rinbosari Nurkamal Nabiyevning iste’fosini talab qilmoqda. Namoyishchilar o‘z pozitsiyalarini "korrupsiyaga aloqador odamlar hukumatga kerak emas" deb izohlashmoqda.
Hozir parlament yalpi majlisida Maripov nomzodini va taklif etilgan hukumat tarkibini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq u Vazirlar Mahkamasi sonini qisqartirayotgani aytib, ro‘yxat taqdim etgandi. Ikki bosh vazir o‘rinbosarlari lavozimlari qisqartirilib, ayrim vazirliklar, idoralar va qo‘mitalar birlashtirildi.
41 yoshli Ulukbek Maripov Qirg‘izistonning sobiq rahbari Almazbek Atamboyevning yordamchisi bo‘lgan va qochoq sobiq prezident Qurmanbek Bakiyevning administratsiyasida ishlagan, 2016-yildan beri u Hisob palatasining raisi.