TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Polkovnik Rustam Tursunov IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qildi.
Tursunov 2017–2018-yillarda Jizzax viloyati IIB boshlig‘i, 2018-yildan hozirga qadar Navoiy viloyati IIB boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
2018 yildan buyon IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga Bahrombek Odilov rahbarlik qilib kelayotgan edi.