TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Tojikiston 2021-yilda O‘zbekistondan 250 million kub metr tabiiy gaz xarid qiladi. Bu haqda RIA Novosti “Tojiktransgaz” OAJ rahbari o‘rinbosari Shavkat Shoimovning so‘zlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
“Tojiktransgaz” va “O‘zbektransgaz” o‘rtasida 250 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi”, - dedi u jurnalistlarga.
Ta’kidlanishicha, bu o‘tgan yilga qaraganda 11 foizga ko‘proq.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 23-dekabr kuni Tojikistonning Xo‘jand shahriga O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklangan edi.
O‘zbekistondan Tojikistonga gaz yetkazib berish 2012-yilda to‘xtatilgan edi. 2018-yil sentabr oyida O‘zbekiston tabiiy gaz ta’minotini tikladi.