Toshkentda kassa nazoratchisi 170 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini talon-taroj qildi

“Xalqbanki” Mirzo Ulug‘bek filialining sayyor kassa hisobchi- nazoratchisi o‘ziga ishonib topshirilgan 170 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini egalariga tarqatmasdan talon-taroj qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida fuqarolarning pensiya va nafaqa pullarini o‘zlashtirgan sayyor kassa nazoratchisining kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.
Samarqand viloyatida maktab va suv chiqarish qurilishi bahonasida 872 mln so‘m o‘marildi
Ta’kidlanishicha, AT “Xalqbanki” Mirzo Ulug‘bek filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda filialning sayyor kassa hisobchi-nazoratchisi T.T. o‘ziga ishonib topshirilgan jami 170 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini egalariga tarqatmasdan, talon-toroj qilganligi aniqlangan. U bu pullarni 2020 yilning sentabr oyidan joriy yilning yanvar oyiga qadar bo‘lgan davrda egalariga tarqatishi kerak bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan T.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.