Samarqandda quruvchilar qanday tanlab olinmoqda - video

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik asosida bugungi kunda rossiyalik ish beruvchilar O‘zbekistonning ayrim hududlarida RFga qurilish sohasiga ishga jalb qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazishmoqda.
Sputnik
Samarqand shahridagi Avtomobilsozlik kollejida rossiyalik ish beruvchilar ishtirokida tanlov o‘tkazildi. Tanlov o‘tkazilishidan xabar topgan yuzlab fuqarolar erta tongdan belgilangan manzilga kelishni boshladilar.
Suhbat vaqtida bo‘lajak xodimlarning ish tajribasi, ko‘nikmalari, qurilish sohasidagi mutaxassisliklari, rus tilini bilish darajasi aniqlanadi.